产品功能

应用市场介绍

Bione — bu O'zbekistondagi do'kon va kompaniyalarni bitta ilovaga jamlagan xarid platformasi. Har bir do'kon uchun alohida ilova yuklab olish shart emas: yaqin atrofdagi do'konlarni ko'ring, mahsulot tanlang, buyurtma bering va har bir xaridingiz uchun cashback yig'ing.

BIR ILOVA — YUZLAB DO'KON
• O'z hududingizdagi faol do'konlar ro'yxati — eng yaqini birinchi
• Kategoriya va qidiruv orqali mahsulot toping
• Narx va qoldiq do'konning o'z tizimidan olinadi, shuning uchun har doim dolzarb
• Yoqtirgan do'konlaringizni "Sevimlilar"ga qo'shing va ularga istalgan joydan kiring

ONLAYN BUYURTMA
• Savatga qo'shing va bir necha bosishda buyurtma bering
• Olib ketish uchun qulay filialni o'zingiz tanlaysiz
• Buyurtma holatini ilovada real vaqtda kuzatib boring
• Buyurtmalar tarixi har doim qo'lingizda

CASHBACK — HAR BIR XARID UCHUN
• Onlayn buyurtmalar uchun cashback avtomatik hisoblanadi
• Do'konga borganingizda ilovadagi QR kodni kassirga ko'rsating — cashback oflayn xaridlarga ham yoziladi
• To'plangan cashbackni keyingi xaridda ishlating

XARID RO'YXATI
• Kerakli mahsulotlarni oldindan ro'yxatga yozib qo'ying
• Ilova sizning odatiy xaridlaringizga qarab takliflar beradi
• Do'konda hech narsani unutmaysiz

SHARHLAR VA REYTINGLAR
• Mahsulot va do'konlar haqidagi haqiqiy mijozlar fikrini o'qing
• O'z bahoyingizni qoldiring va boshqalarga tanlashda yordam bering

Bione'ni yuklab oling va xaridlaringizni foydali qiling.

收起

用户评价

立即分享产品体验

你的真实体验,为其他用户提供宝贵参考

宝石
评论可得 100 宝石
宝石随心兑换应用高级会员,每周更新 前往查看 >>
活动动态 共 0 人参加
查看更多评论