产品功能

应用市场介绍

Agar siz xorijiy mamlakatlarga tashrifingiz mobaynida muammoli holat yoki murakkab vaziyatga tushib qolgan bo’lsangiz, O’zbekiston Respublikasi elchixona va konsullik, shuningdek, O’zbekiston yoshlari umujahon assotsiatsiyasi vakillik idoralari va ularning manzillarini topishda ushbu ilova Sizga yordam beradi;
Mobil ilovadan xorijdagi vatandoshlarimiz o’zlari tashrifda bo’lgan xorijiy mamlakat va uning qonunchiligi haqida birlamchi ma’lumotlar, mehnat qilish tartib-taomillari, shuningdek, sog’ligi va ruhiy holatida muammoni his etayotgan yurtdoshlarimiz o’zlari uchun tibbiy va psixologik maslahatlarni olishlari mumkin;
Musofir.uz mobil ilovasi xorijiy mamlakatlarda ta’lim olayotgan yurtdoshlarimizga xorijiy mamlakat ta’limi va ushbu ta’limni Vatandagi oliy ta’lim muassasalariga ko’chirish, qolaversa, xorijda ta’lim olib qaytayotgan vatandoshlarimizga kelgusida bajarilishi kerak bo’lgan tashkiliy masallarda haqiqiy yordamchi vazifasini o’taydi;
O’zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Musofir.uz mobil ilovasining maqsadi xorijdagi O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining og’ir va murakkab vaziyatlarga tushib qolishlarini oldini olish, shunday vaziyatlarga tushib qolgan yurtdoshlarimizga esa muammodan chiqish yo’lini ko’rsatishdan iborat.

收起

用户评价

立即分享产品体验

你的真实体验,为其他用户提供宝贵参考

宝石
评论可得 100 宝石
宝石随心兑换应用高级会员,每周更新 前往查看 >>
活动动态 0 人参加
查看更多评论